Huawei 1
Akbarxon Sobirxonov INNO texnopark bosh direktori etib tayinlandi

Joriy yil 20-sentyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “INNO Texnopark” MChJ Boshqaruv kengashining ilk yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishga Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov raislik qildi.

Yig'ilishda Akbarxon Sobirxonov “INNO texnopark” MChJ bosh direktori etib tayinlangani e'lon qilindi. A. Sobirxonov texnoparkda sentyabr` oyiga qadar o'z g'oyalarini amalga oshirish maqsadida murojaat qilgan 105 nafar yoshlar bilan ishlar olib borish natijasida 40 ta mahsulot prototiplari yaratilgani, ulardan 19 tasi ishlab chiqarishga joriy etilgani to'g'risida ma'lumot berdi.

Akbarxon Sobirxonov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Ma’lumot o‘rnida, INNO texnopark faoliyati yoshlarning g‘oyalarini qo‘llab quvvatlashga qaratilgan. Bundan tashqari, texnoparkda innovasion loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlar uchun treninglar, mentorlik, murabbiylik xizmatlari ko‘rsatiladi.

Turkiyaning Yıldız Teknoloji Geliştirme Bolgesi Teknopark A.Ş. kompaniyasi INNO texnoparkning axborot-uslubiy, texnologiyalar transfer va inkubasiya markazini boshqarishda yordam beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92005 | Инструменты