Alisher Qodirov: Daromadi 5 mln so‘mdan yuqori bo'lgan qatlam uchun 200 kVt norma qo‘llanmasligi kerak

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov daromadi 5 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan fuqarolar uchun elektr narxidagi 200 kVt norma qo‘llanmasligi kerakligini aytdi.  

“Odatda oyiga 300-400 ming so‘mdan oshmaydigan elektr uchun to‘lovim 800 ming so‘mdan oshdi, xursand emasman, lekin bu men ishlatgan energiya va uning haqini men to‘lashim kerak”, deydi Qodirov. 

Uning aytishicha, rostdan ham ko‘makka muhtoj bo‘lgan aholi qo‘llab-quvvatlanishi kerak, biroq hamma emas. “Masalan, daromadi 5 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan fuqarolar uchun elektr narxidagi 200 kVt norma qo‘llanilmasin”, deydi deputat.

U energetika sohasida bozor munosabatlari bo‘lishi shartligi, daromadsiz energetika iqtisodiyotga yuk bo‘lishini ta’kidladi.  

“Tizim ta’mirtalab ekanligi uchun ta’minot sifatsiz bo‘lyapti va iste’molchilarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Lekin muntazam ta’mirlash uchun muntazam daromad bo‘lishi kerak. Daromad ko‘rmasa, tizim qachon o‘zgaradi! Davlat byudjeti chegarasiz emas. Meni xalqim turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilishim uchun saylagan, arzon resurslar undirib berish uchun emas, grajdanin Kolya! Ishonaman, sen vatanparvarlar partiyasini saylovlardagi muvaffaqiyatiga hissangni qo‘shasan. Daromadidan ijtimoiy ko‘mak beroladigan tarmoqlar yaratishimiz kerak, yordam berish uchun daromadidan kechadigan tarmoqlar emas. Ertaga yaxshi bo‘lishi uchun bugun qiynalamiz, boshqa yo‘li yo‘q”, deb yozgan Alisher Qodirov. 

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70710 | Инструменты