Huawei 1
"Andijon biokimyo zavodi" xususiylashtirildi

"Andijon biokimyo zavodi" AJ ustav kapitalidagi 96 foiz davlat aksiyalar paketi 101,3 mlrd so‘mga Jasmine Gold Group MCHJga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Ushbu jarayonga Abrau capital kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida jalb etilgan.

Korxonani xususiylashtirish natijalari Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori bilan maʼqullangan.

Maʼlumot uchun, 2023 yilda Andijon biokimyo zavodi tomonidan 1 mln dal spirt ishlab chiqarilgan bo‘lib, sof foydasi 10,1 mlrd so‘mni, sof aktivlari 71,5 mlrd so‘mni va jami majburiyatlari 17,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты