Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Quvvatov Jur’atbek Dilshodbekovich tayinlandi.
Ma'lumot uchun, Jur’atbek Quvvatov 1986-yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 2008-yilda Toshkent farmasevtika institutini tamomlagan. 2009-2022-yillarda turli tibbiyot va farmasevtika muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2018-2022-yillarda “Andijon-farm erkin iqtisodiy zonasi” direksiyasi direktori vazifasida ishlagan.
Tayinlovga qadar u viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ish olib borgan.
Eslatib o'tamiz, bugun Nukus tumaniga yangi prokuror, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʼmitasiga esa yangi rahbar tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40508 | Инструменты