Joriy yilning 3 oktyabr kuni soat 17:00 atrofida Andijon viloyati Shahrixon tumanida I.O. Howo yuk avtomashinasini boshqarib FAV yuk avtomashinasini tortib kelayotgan vaqtida o‘zidan oldinda harakatlanayotgan Damas avtomashinasi haydovchisi T.R. keskin to‘xtab olish oqibatida u bilan bir yo‘nalishda orqasidan kelayotgan Spark avtomashinasi haydovchisi A.I. ham orqasidan to‘xtab olgan. Shu vaqtda Howo yuk avtomashinasi ob-havo sharoitini inobatga olmaganligi, oraliq masofa saqlay olmasdan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda Andijln viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu YTH natijasida hech kim tan jarohati olmagan, transport vositalari texnik shikastlangan.
Mazkur holat yuzasidan, hozirda Shahrixon tumani IIB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110604 | Инструменты