2026 yil 1 yanvardan boshlab Andijon shahridagi avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi.
Elektron to‘lov turlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar yo‘l haqi to‘lovini 2100 so‘m evaziga amalga oshirishi mumkin. Yo‘lovchilarga to‘lovni bank kartalari, mobil ilovalar, ATTO transport va virtual kartalari orqali amalga oshirish tavsiya qilinmoqda.
Yo‘l haqini naqd pul bilan to‘lash uchun bevosita bekatlar va ularga yaqin hududlarda o‘rnatilgan Paynet, MultiPay yoki Oson infokiosklaridan 3000 so‘m evaziga bir martalik QR-chipta xarid qilish zarur bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122519 | Инструменты