Huawei 1
Andijonda 5 kishi spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi

Andijon viloyatida 5 kishi spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 22—26-dekabr kunlari viloyatida 22 kishi O‘zbekiston aksiz markasi yopishtirilgan “O‘zbekiston” nomli konyak iste’mol qilgani oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 5 nafari vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tergovchilari rahbarligida tuzilgan viloyat IIB tergov departamenti, IJQK departamenti tergovchilaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10106 | Инструменты