Huawei 1
Andijonda “elektroset” xodimi pora bilan ushlandi

Andijon viloyatining Asaka tumanida fuqarolarning 18 mln so‘m qarzdorligini o‘chirib berishni va’da qilgan elektr tarmoqlari muhandisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Asaka tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Asaka tumani bo‘limi muhandisi T.A. (muqaddam sudlangan) fuqaro Sh.A. va onasi K.A.ning xonadonlaridagi jami 18 mln so‘m qarzdorliklarini elektron bazasidan o‘chirib, yangi elektr hisoblagichlar o‘rnatib berishi evaziga Sh.A.dan 11 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72000 | Инструменты