Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan shahar ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bir necha tadbirkorlar elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanib olgani aniqlandi.
Xususan, “H.b.” oilaviy korxonasi masʼul shaxslari qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish sexini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulagan. Natijada ular 981,5 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Shahrixon tumanida “A.E.” MCHJ rahbari L.A. “Qo‘rg‘oncha” MFYdagi rezina buyumlar ishlab chiqarish sexini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab olgan. Buning oqibatida 825,2 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Xuddi shunday, Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan shahar ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqarolar I.K., B.G. va boshqalar tikuvchilik va qandolatchilik sexlarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab, 681,9 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Xo‘jaobod tumanida fuqaro Sh.A. “Beshqovoq” MFYdagi bilyard o‘yingohini hech qanday hujjatlarsiz, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 164,8 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga qariyb 1 mlrd so‘m zarar zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda endi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish qonunan oʻgʻrilik deb belgilandi. Bu jinoyat uchun 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72401 | Инструменты