Huawei 1
Andijonda “gashish” sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijon va Toshkent viloyatlarida “gashish” hamda boshqa ta’sir qiluvchi vositalarni sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. 1963 yilda tug‘ilgan boshqaruvidagi mashina ko‘zdan kechirilganda, undan 728 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi moddasini sotish maqsadida saqlayotgani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Qolaversa, Toshkent viloyatining Angren shahrida o‘tkazilgan tadbir davomida Andijon viloyatida yashovchi shaxs o‘ziga tegishli mashinada 597 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini poytaxtga olib ketayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan. 

Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsni dori vositalari bilan ta’minlab kelgan 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro ham 900 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 2500 dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. 

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62100 | Инструменты