Andijonda oilaviy yotoqxona yonib ketdi

3-iyul kuni soat 15:59 da Andijon shahar Sanoat MFYda joylashgan oilaviy yotoqxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi xaqida FVBga xabar kelib tushgan. 

Soat 16:03 da aytilgan manzilga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan va soat 16:20 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Oilaviy yotoqxonaning 50 metr kvadrat tom qismi yonib zararlangan.

Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70704 | Инструменты