Huawei 1
Andijondagi masjidlardan elektr energiyasi ta’minoti uchun ortiqcha mablag' undirilgani aniqlandi

Joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan o‘rganishda “Andijon HETK” AJ tomonidan viloyatdagi diniy tashkilotlarga, shu jumladan, masjidlarga 2019-2021-yillarda elektr energiyasi uchun belgilangan tariflar noto‘g‘ri qo‘llanilganligi aniqlangan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori va Farmoyishida O‘zbekiston hududidagi diniy tashkilotlarga 2003 yilning 1 sentyabridan boshlab ularga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar (tabiiy gaz, ichimlik suvi, issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, telefon, oqova suv va maishiy chiqindilarni tashish)ga to‘lovlarni aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘lanishi qayd etilgan. 

Shunga qaramay, o‘rganish davomida “Andijon HETK” AJ tomonidan 2019-2021 yillarda viloyatdagi 44 ta diniy tashkilotlarga, shu jumladan masjidlarga aholi uchun belgilangan narx (295 so‘m) qo‘llanilmay, ulgurji iste’molchilar uchun belgilangan narx (450 so‘m) qo‘llanilganligi aniqlangan. Buning natijasida masjidlardan jami 74 378,9 ming so‘m ortiqcha daromad olinganligi aniqlangan.

"Bugungi kunda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Andijon HETK” AJning noto‘g‘ri hisoblagan 74 378,9 ming so‘m mablag‘lar masjidlarga qayta hisob-kitob qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Bunday holatlarni oldini olish maqsadida bugungi kunda Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari tomonidan  o‘z hududlarida o‘rganishlar olib borilmoqda", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111623 | Инструменты