Huawei 1
Andijonlik yigit Suriyadagi janglarda qatnashayotgani ma’lum bo‘ldi

28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyaga o‘qishga borib, u yerda terroristik tashkilot yetakchilarining ta’siriga tushib qolgani aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Muhammadiy A’zamjonov 1996 yilda Andijon viloyatining Andijon shahrida tug‘ilgan. U 2018 yilda Janubiy Koreyada joylashgan SEJONG institutiga o‘qishga kirgan. O‘qish davomida mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanib yurib, ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari ta’siriga tushgan. 

2020 yilning fevral oyida Turkiyaga o‘tib, Istanbul shahridagi madrasada diniy ta’lim olib radikallashgan, oktyabr oyida Suriyadagi “Tavhid val jihod katibasi” jamoatiga qo‘shilgan va jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan. 

Hozirda Suriyaning Idlib shahrida jangovar harakatlarda ishtirok etib kelayotgani haqida ma’lumot olingan. Mazkur holat yuzasidan  huquq-tartibot idoralari tomonidan Muhammadiy A’zamjonovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga