Antikorrupsiya agentligi direktoriga qaynotasi 1,5 mln dollarlik uy sovg‘a qilgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Antikorrupsiya agentligi direktori Akmal Burxonovga qaynotasi 1,5 mln AQSH dollarilik hovli sovg‘a qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur vaziyatga Burxonovning o‘zi oydinlik kiritdi. 

Ushbu tarqalgan xabarlarga u o‘zining Twitter'dagi sahifasi orqali munosabat bildirib, ularni rad etgan.
“Bu yolg‘on xabar! Shunday bo‘lsada, qaynotamga yuborib qo‘ydim”, deya kinoya qilgan Burxonov.

Eslatib o‘tamiz, Akmal Eshondedayevich Burxonov O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 iyuldagi farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori bilan tasdiqlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40423 | Инструменты