Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro J.Y. fuqaro D.T.ning ishonchiga kirib, uni aylanma yo‘llar orqali AQShga ishga yuborishi evaziga 5000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqarolar M.R. va R.M. ikki nafar qo‘shnisi M.R. va S.R.ning ishonchiga kirib, ularni AQShga ishga yuborishi evaziga jami 18000 AQSH dollarini qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122121 | Инструменты