Huawei 1
AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Bugun 3-mart kuni erta tongda AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi. 

UzReport TV ijodiy jamoasi yurtdoshlarimizni Toshkent xalqaro aeroportida kutib olib, ayrimlari bilan suhbatlashdi. Maʼlum qilinishicha, ularning ko‘pchiligi Meksika orqali Amerikaga o‘tishgan. Shuningdek, bir qancha boshqa davlatlar orqali borgan fuqarolar ham bor. Ular AQSH hududiga kirgunicha turli qiyinchiliklarga duch kelishgan.

Ana shunday yo‘llar bilan AQSHga borgan yurtdoshimiz o‘z boshidan o‘tgan qiyinchiliklarini so‘zlab berdi:

"Bagajimni yo'qotib, to'satdan Madridga uchganman. Ushbu shaharda bilet yo'qolib qolib, 14 kun davomida 400 ta o'zbek Madrida "xor bo'lgan". Shu yerdan Turkiyaga deport qilinganmiz. Keyinchalik Guatemalaga bordik va yana harakat qilib ko'rdik. 2 marta chegaradan qaytarilib, immigratsion joyda 2 sutka yotganman. Venesuela fuqarolari bilan "peshkom" 3 kun yurganmiz. U yerda ham qochdik, yurdik, o'liklarni ham hamma narsani ko'rdik. Maslahat bermayman, Amerika shunchaki reklama. 

10 ming AQSH dollariga yaqin pulim ketdi. Iyulda uyimdan chiqqan bo'lsam, avgust oyida men ushbu davlatga yetib bordim. Lekin ishlay olmadim. Pul sarflab, sarflab qaytdik. Bormoqchi bo'lganlarga maslahatim bormanglar. Bu shunchaki reklama. Kasallik orttirib qaytasiz. Hammasi yolg'on", - deya ta'kidladi vatandoshlardan biri

AQSHdan qaytarilgan yurtdoshlarimiz haqidagi maxsus lavhani Uzreport telekanalining yangiliklar dasturida ko‘rishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning 20-dekabrida ham AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 119 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122220 | Инструменты