Huawei 1
Auksionda eng qimmat “chiroyli” avtoraqam 722,3 mln so‘mga sotildi

20-may kuni avtoraqam.uzex.uz savdo platformasida o‘tkazilgan onlayn auksionda jami 697 ta avtobil raqami sotildi. Bu haqda respublika tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan 96%dan ortig‘i — 644 tasi jismoniy shaxslar, qolgani esa yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan avtoraqamlarga to‘g‘ri keladi.

Savdo maydonchasida xarid qilingan eng arzon avtoraqam qiymati 1,9 mln so‘mni tashkil etdi.

Bundan tashqari, shu kuni sotilgan eng qimmat “chiroyli” avtoraqam qiymati 722,3 mln so‘m bo‘ldi. Bu yil boshidan buyon qayd etilgan rekord ko‘rsatkichdir.

Joriy yil hisobida, shu vaqtga qadar eng qimmat sotilgan avtoraqam 10-yanvar kuni birja savdolari orqali sotilgan avtoraqam bo‘lib qolayotgandi. Uning qiymati 509,6 mln so‘mni tashkil etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52310 | Инструменты