Ayni sovuqdan ekinlarni qanday himoya qilish mumkin?

Sinoptiklar 10-12 mart kunlari  havo harorati -10 darajagacha pasayishini maʼlum qilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari shunday sharoitda ekinlarni sovuqdan asrash bo‘yicha tavsiyalar eʼlon qildi.

Unga ko‘ra, ekinlar egat ustiga shaffof plyonka bilan yopish orqali sovuqdan himoya qilish mumkin. Shuningdek, tuproqdagi namlikni saqlash va sovuq taʼsirini kamaytirish uchun sug‘orishni muntazam amalga oshirish kerak.

Barcha agrotexnik tadbirlar intensiv usulda va qisqa muddat ichida bajarilishi lozim. Bu kabi amaliyotlar nafaqat ekinlarni sovuqdan himoya qilishga yordam beradi, balki hosildorlikni saqlab qolishda ham muhim o‘rin tutadi.

Sovuq kunlar o‘tib ekinlarni “stress” va “shok” holatidan chiqarish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:

Ekinlarni mikroelementlar va aminokislotalarga boy preparatlar bilan oziqlantirish zarur. Viusid, Biotrac kabi bor elementi mavjud ozuqalarni bargdan oziqlantirish uchun ishlatish yaxshi natija beradi.

Ekinlarning o‘sish jarayonini tezlashtirish maqsadida tez taʼsir etuvchi sulfat ammoniya kabi azotli mineral o‘g‘itlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31014 | Инструменты