Huawei 1
Ayrim dehqonlarga 100 million so'mgacha subsidiya ajratiladi

“Tomorqa yer egalari va dehqon xo'jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-22-son, 14.02.2025-son) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, Dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan quyidagi moliyaviy qo'llab-quvvatlash tartiblari joriy etiladi:

— har yili 500 ta mahallada bittadan aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsion loyiha uchun BHMning 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi;

— usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli o'quv kurslarini tashkil etish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash uchun har bir kurs uchun BHMning 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi;

— ️muayyan mahalladagi 50 foiz xonadonlarning tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo'lga qo'yib bergan usta dehqonlarga 100 million so'mgacha subsidiya ajratiladi;

— tomorqa yer egalari va dehqon xo'jaliklari hamda ularga xizmat ko'rsatuvchi subyektlarga tijorat banklari orqali qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalari uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 5 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi;

— aholi tomorqalari va ijara yerlarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalar 24 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilda bo'lib to'lash sharti bilan lizingga beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21902 | Инструменты