Huawei 1
Ayrim texnik vositalar soliq va bojdan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Soliq hamda Bojxona kodekslariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining respublika hududiga olib kirilishini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qo'shimchalar, shuningdek, mazkur texnik vositalar aksiz solig'i solinadigan obyekt hisoblanmasligiga doir qo'shimcha kiritilmoqda.

Bojxona kodeksiga yuqorida ko'rsatilgan texnik vositalarni boj to'lashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qo'shimcha kiritilmoqda.

Shuningdek, harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralar harbiy yuklarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig'imini to'lashdan ozod qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110619 | Инструменты