Ayrim toifadagi talabalarning talabalar turar-joylaridagi yashash xarajatlari qoplab beriladi

Hukumat qarori (32-son, 28.01.2026-y.) bilan “Ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy ta'lim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berish tartibi to'g'risida”nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, yashash xarajatlari davlat oliy ta'lim tashkilotlarining faqat kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalariga davlat granti yoki to'lov-kontrakt asosida tahsil olishidan qat'i nazar, Davlat byudjetidan qoplab beriladi.

Talabaning davlat oliy ta'lim tashkilotlari talabalar turar-joylaridagi yashash xarajatini qoplab berish uning oilasi Ijtimoiy reestrning “kambag'allik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan sanadan boshlab 12 oy davomida saqlanib qoladi.

Talabalar ustuvorlik asosida, navbatsiz davlat oliy ta'lim tashkilotining talabalar turar joyiga qabul qilinadi.

Ariza beruvchi mazkur masalada o'zi ta'lim oladigan oliy ta'lim tashkilotining rektori (filial direktori) nomiga oyning 7-sanasiga qadar ariza bilan murojaat qiladi.

Ariza beruvchi mustaqil ravishda komissiyaga kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborishi ham mumkin.

Ariza tegishli o'quv yili uchun bir marotaba yuboriladi.

Fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari (mas'ullar) 1 kun muddatda elektron tarzda yuborilgan arizalarni umumlashtirgan holda belgilangan tartibda komissiyaga taqdim etadi.

Mas'ullar tomonidan taqdim etilgan arizalar 1 kun muddatda komissiya tomonidan o'rganib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12916 | Инструменты