Huawei 1
BAA aeroportida ushlab turilgan o‘zbekistonliklar bo‘yicha rasmiy maʼlumot berildi

Avvalroq, Toshkent–Sharja reysi bilan Jahon chempionati saralashi doirasidagi O‘zbekiston–Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilish uchun BAAga ketgan 100 dan oshiq o‘zbekistonliklar Sharja aeroportida ushlab turilayotgani xabar qilingandi. Ushbu fuqarolarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov maʼlum qildi.

“BAAdagi turli aeroportlar orqali mamlakat hududiga kirib kelayotgan xorijliklarning, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolarining tekshiruvlari cho‘zilib ketayotgan holatlarni alohida monitoring qilib bormoqdamiz”, deya yozadi u.

TIV so‘zlovchisiga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilayotgani, O‘zbekistonning Abu-Dabi shahridagi elchixonasi hamda Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi BAAning tegishli tashkilotlari bilan ushbu masalada zudlik bilan muzokaralar o‘tkazgan va vaziyatni yaxshilash bo‘yicha doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

BAA tomoni maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakatda turli xalqaro tadbirlar munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirilgani sababli aeroportlarda tekshiruv vaqtlari cho‘zilib ketmoqda.

“Hozirda fuqarolarimizni tezlik bilan tekshiruvdan o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan va natijada ular mamlakat hududiga kirib kelishni boshlagan”, deya yozgan u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60601 | Инструменты