Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan tijorat bankining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Yashnobod bank filialida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlovchi E.N. “A.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar bilan o‘zaro til biriktirib, “B.B.” MCHJga 120 000 AQSH dollari kredit ajratilishiga erishib, keyinchalik soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali kredit mablag‘ini naqdlashtirib olib, 120 000 AQSH dollarini internet tarmoqlaridagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga ishlatib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20220 | Инструменты