Baxtiyor Xursanov “Surxon Dori-Darmon” MChJ direktori etib tayinlandi

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining buyrug‘i bilan Baxtiyor Xursanov viloyat “Surxon Dori-Darmon” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimiga tayinlandi.  

Tayinlovga qadar u Surxondaryo viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgandi. 

Baxtiyor Xursanov 1969-yil Termiz tumanida tug‘ilgan. 1992-yil Toshkent davlat agrar universiteti, 2004-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi, moliyachi.  

Mehnat faoliyati davomida viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i, Angor tumani hokimi, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40709 | Инструменты