Huawei 1
Biznes-ombudsman elektromobillar importidagi cheklovlar bo‘yicha O‘zstandart agentligiga so‘rov yubordi

Biznes-ombudsman elektromobillar importidagi cheklovlar bo‘yicha O‘zstandart agentligiga so‘rov yubordi. Bu haqda ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.

2-aprel kuni Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish (O‘zstandart) agentligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda tomonlar elektromobillar importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqib, ushbu masalani ijobiy hal etish yo‘llarini muhokama qildi.

Qayd etilishicha, muammoning huquqiy jihatlariga to‘liq oydinlik kiritish maqsadida agentlikka so‘rov xati yuborilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40615 | Инструменты