Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash” (Resiland) loyihasini boshladi. Loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan 153 million dollar miqdorida imtiyozli kredit va grantlar ajratiladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu loyiha Markaziy Osiyoning beshta davlatida o‘rmonlar va degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashga ko‘maklashish bo‘yicha mintaqaviy dasturning bir qismi hisoblanadi.
Loyiha mamlakatning turli hududlarida landshaftlar barqarorligini oshirish va o‘rmonlarni qayta tiklash, shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar bilan transchegaraviy tabiiy hududlarni qayta tiklash bo‘yicha hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan. Tegishli loyiha tadbirlari mamlakatning oltita hududida, jumladan, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida:
Xabarda aytilishicha, loyiha hukumatga O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maqsadlariga erishishda yordam beradi. Ular orasida o‘rmonlar maydonini 10 yillik oxirigacha 6,1 million gektarga yetkazish ham bor.
Yerlari degradatsiyaga uchragan hududlarga daraxtlar ekish orqali loyiha mahalliy landshaftlarning barqarorligini va oziq-ovqat tizimlarining mahsuldorligini oshiradi, aholining turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va shu sohada ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, loyiha tabiiy resurslardan yanada samarali foydalanish orqali kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlaydi va tabiatni muhofaza qilish zonalarida ekoturizmni rivojlantirishga yordam beradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40716 | Инструменты