Turkmanistonning “Avaza” milliy turizm hududida BMTning dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha III Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari, o‘nlab mamlakatlardan delegatsiyalar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Konferensiya doirasida O‘zbekiston o‘zining Milliy pavilyonini taqdim etdi. Unda madaniy meros, barqaror rivojlanish va mamlakatning zamonaviy kelajakka qarashlari uyg‘un tarzda mujassam etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102917 | Инструменты