Avgustning 11-kunida “Lochin” oromgohida jam bo‘lgan yoshlar "Qurultoy Expo" loyihasi orqali o‘zlarining turli takliflarini ilgari surgan bo‘lsa, 13-avgust kuni yosh ekolog va turizm elchilari o‘z intellektlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi. Deyarli barcha tadbirlarning an‘anaviy o‘yiniga aylangan “Zakovat” yoshlarning oldiga qizg‘in savollarni qo‘ydi. Bahs-munozaralarga boy kechgan o‘yinda har bir ishtirokchi o‘z jamosi manfaati yo‘lida barcha bilimlarini yuzaga chiqarishi shubhasiz g‘oliblik sari eltadi. Respublikaning 14 hududidan jamoalar qatnashgan ikki bosqichli “Zakovat” o‘yinida dastlabki 3-o‘rin Sirdaryo, Namangan va Qoraqalpog‘iston jamoalariga nasib etdi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling:


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102919 | Инструменты