6 may kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Cobalt yo‘l-transport hodisasiga uchrab, ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat tahminan 18:00 larda Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan D012 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 43-kilometrida 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi – Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi M.M. “Chorbog‘-Toshkent” yo‘nalishida Cobalt rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, o‘zidan o‘ng tarafga ag‘darilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
Bildirilishicha, ushbu YTH oqibatida haydovchi xavfsizlik kamaridan foydalanganligi sababli xech qanday tan jarohati olmagan. Hozirda holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60703 | Инструменты