Huawei 1
Bolalarga qo‘pol munosabat qilingan “Tanzilandiya” xususiy bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Tanzilandiya” (yuridik nomi: “Yuksalish construction” NTM) xususiy bog‘chasi bilan bog‘liq holat Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rib chiqilgan va 19 mart sanasida sudning qarori e’lon qilingan.

Unga ko‘ra, lisenziat tomonidan nodavlat ta’lim sohasidagi faoliyati uchun litsenziya olingan kunidan so‘ng bir oy muddat ichida ta’lim tashkiloti, ta’lim oluvchilar va pedagog xodimlar to‘g‘risidagi to‘g‘ri, to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni ta’lim sohasida vakolatli davlat organlarining tegishli axborot tizimlariga kiritish va muntazam ravishda yangilab borish talabi qo‘yilgan.

Ammo shunga qaramay, maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanib kelayotgan jami 155 nafar tarbiyalanuvchidan 128 nafari (83 foizi) “Bolalar bog‘chasi” (bbit.uz) axborot tizimiga kiritilmagani aniqlangan.

Shuningdek, jami tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari bepul qabul qilinganiga oid talabni ham buzgani qayd etilgan. Ya’ni “Tanzilandiya”da jami 155 nafar tarbiyalanuvchi mavjud bo‘lsa-da, jami tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari bepul qabul qilinmagan.

Shulardan kelib chiqib, sud 2019 yil 27 dekabrda berilgan

MT 104-sonli bog‘cha litsenziyasini bekor qilishga qaror chiqargan. Maktabgacha va maktab vazirligining ma’lum qilishicha, MTT rahbariyati bu qarordan norozi bo‘lib, Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyatini kiritgan. Ammo 23 aprel sanasi bilan bu shikoyat qanoatlantirilmagan, birinchi instansiya hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qolgani ta’kidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42503 | Инструменты