"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 29-30-aprel va 1-3-may kunlariga ob-havo prognozini e'lon qildi.
Boshlangan ish haftasi davomida O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertaga - 30-aprel kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
O‘tgan dam olish kunlari havo biroz salqinlashganidan so‘ng, harorat foni ko‘tarila boshlaydi va hafta o‘rtasidan kunduz kunlari 24-29° gacha, ba’zi joylarda 31° gacha isiydi. Kechalari harorat 10-15° gacha ko‘tariladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Respublikaningtog‘li hududlarida 29-30-aprel kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Poytaxtda: 29-apreldan 3-maygacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan tezlikda esadi. Bugun va ertaga harorat 21-24° atrofida bo‘ladi, 1-3 may kunlari 25-29° gacha ko‘tariladi. Harorat kechalari 12-15° gacha ko‘tariladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111707 | Инструменты