Bugun O‘zbekiston U-17 jamoasi Jahon chempionatida Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi

Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bugun Qatarda davom etayotgan FIFA U-17 Jahon chempionati doirasida o‘zining ikkinchi uchrashuvini o‘tkazadi. Raqib  1-turda Panamani yirik 4:1 hisobida mag‘lub etgan Irlandiya terma jamoasi bo‘ladi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi esa dastlabki bahsda Paragvayni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Ushbu g‘alabada Azizbek Abdumuminov dubl qayd etdi va jamoasiga muhim uch ochko keltirdi.

Shu tariqa “J” guruhi doirasidagi bugungi uchrashuv ikki g‘alabali jamoa — O‘zbekiston va Irlandiya o‘rtasida peshqadamlik uchun kurash sifatida kechadi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, U-17 Jahon chempionatining 12 ta guruhida 1- va 2-o‘rinlarni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingi bosqichga yo‘l oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110817 | Инструменты