Huawei 2
"Bundayam bir hikmat bordir" - ACTIVIST loyihasi asoschisi Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamalgandan keyin ko'rinish berdi

Avvalroq, ACTIVIST loyihasi asoschisi, taniqli bloger Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamalgani haqida xabar bergan edik. Hojiakbar Nosirov o'zining Telegram kanalida keltirilgan videorolik orqali fuqarolarga ba'zi yogurtlarning tarkibida “karmin” moddasi mavjudligini aytib, ular haromligi, shuning ularni isteʼmol qilish mumkin emasligini ta'kidlagan. U bu xususidagi fikrlarini tegishli soha mutaxassislaridan xulosa olmagan holda o‘z tashabbusiga ko‘ra shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda bildirganligini maʼlum qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida Hojiakbar Nosirovga nisbatan O‘zbekiston Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-3- (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) va 194-moddalariga (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi tomonidan unga nisbatan 15 sutka muddatga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan edi. 

Uning qamalgani ijtimoiy tarmoqlarda kesin noroziliklarga sabab bo'lgan edi. 

10-may kuni Hojiakbar Nosirov o'zining Instagram sahifasida ko'rinish berib, o'zi bilan bo'lgan bu holatga izoh berdi.

"Allohga shukr menda hammasi yaxshi. Ozodlikdaman, o'lib-po'lib ketganim yo'q. Ko'p telegram kanallarda yozishyotgandek, firibgarlik, tovlamachilik bilan ustimdan jinoyat ishi qo'zg'atilgani yo'q. Chiqqanim haqida gapirmay turganimni sababi bor. Albatta, uzrli sabab. Shuning uchun to'g'ri tushunasizlar degan umiddaman. 

Qo'llab-quvvatlab, videolar olganlarni, moddiy-ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlaganlarni hammasiga rahmat. Judayam xursand bo'ldim, to'g'risi. Faoliyatimga keladigan bo'lsak, yig'sihtirib tashash niyat yo'q, xavotirga o'rin yo'q. Shunchaki, ozgina "pauza" qilmoqchiman, ya'ni tanaffus degan. Fikrlarimni tartibga solib olib, maqsadlarni bir ko'rib chiqib, yanada kuchli bo'lib qaytish uchun, xudo xohlasa. 

Albatta, tanaffus vaqti yo'q bo'lib qolmayman. "Storis", "post"larda sizlar bilan bo'laman. 

Bo'lgan voqea bo'yicha fikrimga keladigan bo'lsak, men nima bo'lsa ham yaxshilikka deyman. Bundayam bir hikmat bordir", - deya so'zini yakunladi bloger.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga