Avval xabar berginimizdek, 5-8-iyun kunlari qadimiy Buxoro shahrida yaxshi bir an’anaga aylanib ulgurgan "Ipak va ziravorlar" festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu qiziqarli tadbirni yanada mazmunli qilish uchun Turizm davlat qo‘mitasi tomonidan OAV vakillari va blogerlar uchun press-turlar ham tashkil etildi. Bunday ajoyib sayyohatlardan biri amir Olimxonning yozgi qarorgohiga tashkil etildi.
Demak, professional gid tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, saroy 1911-1918-yillar oralig‘ida qurilgan. Bunday chiroyli obyektni yaratish ustida 400 dan ortiq usta va arxitektorlar ish olib borgan. Ulardan 4 nafari Rossiyada tahsil olib qaytib kelishgan ekan. Shu bois, binolarning ko‘rinishida aynan bu mamlakatga hos dizayn sezilib turadi. Amirga saroyni bezatish uchun turli mamlakatlar yetakchisi o‘z sovg‘alarini jo‘natgan. Masalan, bu yerda Polshadan keltirilgan xashamatli og‘irligi 500 kg teng bo‘lgan lyustra, 350 kg turkman gilamlari, Venetsiya, Yaponiya va Rossiya oynalari, yapon chinnilari, Germaniyadan kelitirilgan soat, Rossiyadan ilk muzlatkichlardan biri va boshqa qimmatbaho buyumlar.
Balandligi 11 metrga teng mana bunday Ziyofatlar zaliga nima deysiz? Dizaynga kelsak, har bir xona o‘ziga hos tarzda bezatilgan bo‘lib, sokinlik tuyg‘usini ulashadi. Umuman olganda, bu joylardagi sokinlikning katta qismini binolar emas, balki go‘zal tabiat ulashgan. Amir Olimxon ham bu yerlarga kelishni aynan shuning uchun juda xush ko‘rgan.
Muzeyga aylantirilgan bu xonalar oltin bezaklariga ega. Bu yerda amir va uning oilasiga tegishli kiyim-kechaklar, oyoq-kiyimlar va ya na bir qator qiziqarli buyumlar saqlanib keladi. Agar siz ham bu tarixga biroz yaqinroq bo‘lib, u paytlarning shukuhini sezmoqchi bo‘lsangiz, albatta, go‘zal va ko‘hna Buxoroga tashrif buyuring!
Alpha version: 0.9.1.19 build 82706 | Инструменты