Huawei 1
Buxoro shahrida anʼanaviy xalqaro «Ipak va ziravorlar» festivali bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 6-8 iyun kunlari Buxoro shahrida Turizm qo‘mitasi, Buxoro viloyati va shahar hokimliklari, viloyat turizm boshqarmasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan XXI anʼanaviy xalqaro «Ipak va ziravorlar» festivali bo‘lib o‘tmoqda. Unda 10 ga yaqin xorijiy davlatlardan (Afg‘oniston, Eron, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston) 50 nafardan ortiq hamda respublika hududlaridan 200 nafardan ortiq mahalliy hunarmandlar ishtirok etishmoqda.

«Ipak va ziravorlar» festivali Buxoroda yigirma yildan ortiq vaqtdan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Bu davr mobaynida ushbu festival xorijiy va mahalliy mehmonlar orasida yetarlicha shuhrat qozonib ulgurdi.

Xalqaro miqyosda eʼtirof etilib, shu yil 21-marotaba o‘tkazilayotgan anʼanaviy xalqaro «Ipak va ziravorlar» festivali ham hunarmandchilik, madaniyat va sanʼat yo‘nalishlaridagi anʼanalarni qayta tiklashga xizmat qilishi bilan birga aholi va sayyohlarning madaniy hordiq chiqarishi yo‘lida yana bir muhim qadam hisoblanadi.

Festival ilk kuni ishtirokchilar va xorijiy va mahalliy mehmonlarning “Ark” qo‘rg‘onidan «Labi hovuz» majmuasigacha bo‘lgan masofada yurishlaridan boshlandi, bu yerda festivalning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60815 | Инструменты