Huawei 1
Yaponiyaning Oyga uchirgan moduli qo‘nish vaqtida falokatga uchradi

Yaponiyaning iSpace kompaniyasiga tegishli Hakuto-R M2 moduli 6 iyun kuni Oyga qo‘nish vaqtida falokatga uchradi. Missiya jamoasi modul bilan aloqa uzilgani va operatsiyani yakunlash imkoni yo‘qligini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, muhandislar Yaponiya vaqti bilan soat 03:13 da qo‘nishni amalga oshirishga kirishgan. Apparat 100 kilometrdan 20 kilometrgacha pastlagan, dvigatelini muvaffaqiyatli yoqqan va vertikal holatini saqlagan. Ammo yakuniy bosqichda aloqa uzilgan. Tahlillarning ko‘rsatishicha, balandlikni lazer yordamida o‘lovchi qurilma maʼlumotlarni uzilish bilan uzatgan, natijada, modul kerakli xavfsiz tezlikka vaqtida tusha olmagan. Oqibatda «qattiq qo‘nish» yuz bergani taxmin qilinmoqda.

Signallar yo‘qolgach, qayta ishga tushirish uchun jamoa yo‘llangan, ammo aloqani tiklashning imkoni bo‘lmagan. «Muvaffaqiyatli qo‘nish imkoniyati bo‘lmagan sharoitda bizning ustuvor vazifamiz — telemetriya maʼlumotlarini tahlil qilish va sabablarni aniqlashdir. Biz bu borada aksiyadorlar, buyurtmachilar va hamkorlarga hisobot taqdim etamiz», — deydi iSpace bosh direktori Takeshi Hakamada.

Bu iSpace‘ning ikkinchi omadsizligi; 2023 yilda ham ularning Hakuto-R moduli Oy yuzasida falokatga uchragan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60816 | Инструменты