Huawei 1
Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Namangan viloyati prokurori etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan, adliya katta maslahatchisi Bektosh Raximovich Sayipov Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Tayinlovga qadar Bektosh Sayipov Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Avvalroq Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Jahongir Jo‘rayevich Hotamov Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100100 | Инструменты