Huawei 1
Buxoro viloyatidagi cho‘lda 650 mln dollarlik shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi

G‘ijduvon tumani markazidan 180 kilometr olisda joylashgan “Oyoqog‘itma” cho‘l massividagi aholi punktiga yaqin hududda “Acwa Rower Bash Wind” kompaniyasi homiyligida barpo qilingan shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qilmoqda.

Umumiy qiymati 650 million AQSH dollariga teng bo‘lgan bu loyihaning amalga oshirilishi tuman aholi isteʼmolchilariga yiliga 1 milliard 800 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.

Bu hudud aholi isteʼmolchilarining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondiribgina qolmay, ekologik barqarorlikni taʼminlash va tabiiy gaz sarf-xarajatini kamaytirishga xizmat qiladi. Jumladan, yiliga 500 million kub metr tabiiy gazni tejash imkoniyati vujudga keladi.

Tadbirkor tijoratchilar tumani bo‘lgan G‘ijduvonda keyingi yillarda sanoat korxonalari soni oshib bormoqda. Ular hamda turli ijtimoiy soha inshootlari, aholi abonentlarining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi 300 megovattni tashkil etayotgan bo‘lib, bu ehtiyojni qondirishda muqobil energiya manbai muhim o‘rin tutadi, albatta. Vaholanki, yangi shamol elektr stansiyasining quvvati 500 megovatga yetkazilishi hisob-kitob qilingan.

—Bizdagi maʼlumotlarga qaraganda, bu yirik loyihani amalga oshirish oson kechgani yo‘q, — deydi mehnat faxriysi R. Avezov. —O‘tgan oylar mobaynida cho‘l massividagi 280 gektardan oshiq maydonda qurilish-jihozlash, shamol generatorlarini o‘rnatish ishlari olib borildi. Beton ishlab chiqaruvchi ikkita liniya barpo qilingani, hudjudda 79 ta zamonaviy shamol generatori joylashtirilgani, buning uchun 600 nafardan ziyod mutaxassis murakkab cho‘l sharoitida mehnat qilgani yuqoridagi fikrimiz dalili.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 73022 | Инструменты