Huawei 2
Buxoroda ayol harakatlanib ketayotgan Lacetti oynasidan tanasini chiqarib, raqs tushdi

Ijtimoiy tarmoqda bir ayol harakatlanib ketayotgan Lacetti oynasidan tanasini chiqarib olgani aks etgan video tarqaldi. Holat IIB xodimlari tomonidan o‘rganildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 6-may kuni Kogon tumanida sodir etilgan. Haydovchining aytishicha, u Oromgohdan qaytayotganda yo‘lda yo‘lovchini to‘xtatgani sabab uni mashinaga olgan. Yo‘lovchi qiz mashina oynasidan tanasini chiqarganini ko‘rmay qolgan. Shuningdek, ayol spirtli ichimlik tasirida mast holda bo‘lgan.

"Yo‘lovchi derazadan tanasini chiqarganini ko‘rmay qoldim. Keyinroq ko‘rdim, shu zahoti yo‘lni chetiga to‘xtab, o‘tirgizib, havfsizlik kamarini taqtirdim. Boshqa haydovchilardan bu xatoni takrorlamaslikni so‘rayman", - deydi haydovchi.

Video Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, ushbu avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga