Buxoro viloyatida bir oylik chaqalog‘ini 10 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan onaga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Aniqlanishicha, fuqaro N.K. 2024-yil iyun oyida Turkiyaga ishlash maqsadida borib, avgustda O‘zbekistonga qaytgan va shu oyda farzand ko‘rgan. Oradan ko‘p o‘tmay, yana xorijga chiqish niyatida bo‘lgan ayol chaqalog‘ini sotishga qaror qilgan.
2024-yil 4-sentyabr kuni ichki ishlar va davlat xavfsizlik xizmati xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida N.K. farzandini 10 million so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. U voqea joyida yozma tilxat yozib bergan, pul dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Sud jarayonida ayolning aybi barcha hujjatlar — ekspertiza xulosalari, ovoz yozuvlari, guvohlar ko‘rsatmasi va boshqa dalillar bilan to‘liq isbotlangan.
Sud hukmiga ko‘ra, N.K. Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bo‘yicha aybli deb topilib, unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Avvalroq, Samarqandda ayol jiyanini 20 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgani haqida xabar qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61816 | Инструменты