Buxoroda is gazi sabab bir oilaning 5 nafar a’zosi vafot etdi

Buxoro viloyati prokuraturasi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 5-dekabr kuni soat 15:25 larda Jondor tumanidagi “Oxshix” MFY "Oxshix" qishlog‘ida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan N.U.ning xonadonida sodir bo‘lgan.

Yong‘in natijasida kelib chiqqan is gazidan o‘tkir zaharlangan xonadon sohibi N.U. va uning turmush o‘rtog‘i 1988-yilda tug‘ilgan N.T. hamda farzandlari 2011-yilda tug‘ilgan N.O., 2015-yilda tug‘ilgan M.O. va 2020-yilda tug‘ilgan. S.O.lar vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Farg‘onada uch kunlik kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berga edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты