Buxoroda issiqlik ta’minoti va issiq suv bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov qarori bilan issiqlik va issiq suv ta’minotining yangi tariflari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

- markaziy isitish xizmati bo‘yicha isitishi davrining bir kunida bir kvadrat metr isitiladigan maydon uchun 147,2 so‘m (QQSsiz);

- markaziy isitish xizmati bo‘yicha 1 Gkal issiqlik energiyasi uchun 77 440 so‘m;

- issiq suv ta’minoti bo‘yicha hisoblash asbobi bo‘lmaganda bir oyda bir kishiga 16 541 so‘m;

- issiq suv hisoblagichi bo‘lganda bir kub metr issiq suv uchun 4305,7 so‘m etib belgilandi.

Byudjet va boshqa yuridik iste’molchilar uchun 1 Gkal issiqlik energiyasi narxi 373 200 so‘m (QQSsiz) bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52622 | Инструменты