Buxoro viloyat IIB Olot tumanida noqonuniy mayning uskunalarini ishlatib kelgan fuqaro ushlanganini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, tumanning Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida yashovchi 47 yoshli fuqaro noqonuniy ravishda o‘z boshimchalik bilan elektr energiya tarmog‘iga ulanib olgan. So'ng tuman ETK bilan shartnoma tuzmasdan 6 dona mayning uskunalarini ishlatib kelib, budjetga jami 38,9 mln so‘m miqdorida zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 185/2-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ealatib o'tamiz, ushbu moddada 22,5 mln so'mgacha jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolash belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41723 | Инструменты