Huawei 1
Buxoroda qadimiy tangalarni O‘zbekistondan olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Buxoro viloyatida qadimiy numizmatika buyumlarini mamlakat hududidan olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Buxoro-Istanbul” yo‘nalishidagi aviareys orqali xorijiy davlatga uchib ketish arafasidagi yo‘lovchi tegishli bojxona nazoratidan o‘tkazilgan paytda mazkur fuqaro o‘zining qo‘l yuklari orasiga berkitgan holda qadimiy tangalarni olib chiqishga urinayotganligi aniqlangan.

Taxmin qilinishicha, ashyoviy dalil sifatida olib qolingan 263 dona qadimiy tangalarning bir qismi dastlabki tahlillarga ko‘ra, bundan 500 yil muqaddam zarb etilgan.

“Hozirda mazkur numizmatika buyumlarining qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan badiiy ekspertiza tayinlangan bo‘lib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92004 | Инструменты