Toshkent viloyati Chimyon dam olish hududida qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi O‘zgidromet.
Chimyon qor ko‘chki stansiyasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 5-aprel kuni taxminan soat 06:00—11:00 oralig‘ida yuz bergan.
Qayd etilishicha, dam olish hududining shimoliy ekspozitsiyadan aralash qor qoplamidan hajmi 750 m³ bo‘lgan 1 dona qor ko‘chkisi tushgan.
Hodisa sabab talafot bo‘lmagan, jabrlanganlar yo‘q.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41720 | Инструменты