Huawei 1
“Chimyon” sihatgohida quyosh panellari o‘rnatilishi vaqtida yong‘in kelib chiqdi

FVV matbuot xizmatiga ko'ra, Farg‘ona tumanida joylashgan “Chimyon chashmasi” sihatgohi binosida kelib chiqqan yong‘in natijasida 500 metr kvadrat maydon yongan. 

Aytilishicha, yong‘in 21-avgust kuni 18:13 da kelib chiqqan va soat 19:30 da bartaraf etilgan.

"Bu uchun 12 ta maxsus texnika jalb qilingan va binoning 4500 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in binoning tom qismida quyosh paneli o‘rnatish vaqtida payvandchilarning texnik xatosi ortidan tez yonuvchi qoplamalarga o‘t ketishidan kelib chiqqan", deyiladi vazirlik axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, yong‘in oqibatida vafot etgan yoki tan jarohati olganlar haqida xabar kelib tushmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91923 | Инструменты