Huawei 2
Dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

“O‘zgidromet” 12–14-aprel kunlari O'zbekiston hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 12-aprelda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-aprelda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 18-23 daraja, 13-aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja, 14-aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 12–13-aprelda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 13-aprelda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 14-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 12-aprelda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 13-aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 17-22 daraja, 14-aprelda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 14-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-aprelda 10-15 daraja, 13–14-aprelda 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 13–14-aprelda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 14-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 12-aprelda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-aprelda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 13-aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja, 14-aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 va 14-aprelda baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 13-14-aprelda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja, 13–14-aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Respublikaning to‘g‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-aprelda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja, 13–14-aprelda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga