O‘zgidromet 18-20 may kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin, ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja, 19 mayda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 27-32 daraja, 20 mayda kechasi 13-18 daraja kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin, ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 18-19 mayda 28-33 daraja, 20 mayda 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 mayda kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19-20 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18 mayda 17-22 daraja, 19-20 mayda 15-20 daraja, kunduzi 18-19 mayda 28-33 daraja, 20 mayda 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18 mayda 17-22 daraja, 19-20 mayda 15-20 daraja, kunduzi 18-19 mayda 28-33 daraja, 20 mayda 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18 mayda kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja, 19-20 mayda 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 mayda kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19-20 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18 mayda 18-23 daraja, 19-20 mayda 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-19 mayda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18 mayda 13-18 daraja, 19-20 mayda 10-15 daraja, kunduzi 18-19 mayda 17-22 daraja, 20 mayda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51707 | Инструменты