Daraxtlarni parvarish qilishga kimlar mas'ul?

Hukumatning "Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi qaroriga ko'ra, daraxtlar va butalarni sug'orish va oziqlantirishga quyidagilar mas'ul hisoblanadi:

Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko'chalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan binodan ko'chagacha bo'lgan oraliqdagi tashkilotlar.

Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki ko'chalar, mahallalar hududlari hamda ko'p qavatli uylar oralig'i va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — o'zlariga biriktirilgan hududlar bo'yicha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari, o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan binodan ko'chagacha bo'lgan oraliqdagi tashkilotlar.

Tashkilotlarning hududlarida — yer egalari.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari bo'ylarida — Avtomobil yo'llari qo'mitasi tashkilotlari.

Umumiy foydalanishdagi temir yo'llar bo'ylarida — "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tashkilotlari.

Daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar bo'ylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va suv xo'jaligi organlari.

Fermer xo'jaliklari yerlarida va qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.

Zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40322 | Инструменты