“O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Xonqa tumanida joylashgan “M.M.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida ushbu AGTSHdagi gaz tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan istemolchilarga suyultirilgan gaz tarqatilganligi aniqlandi.
Tekshiruv yakunida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga ko‘ra, ushbu AGTSHga nisbatan 400,7 million so‘m (realizatsiya qilingan suyultirilgan gaz qiymatining 50 foizi) miqdorida jarima qo‘llanildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52000 | Инструменты